+14° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
19-01-2024, 13:42
37

Goldman Sachs Turkiyada inflyasiyaning pasayishini bashorat qilmoqda


Turkiyada inflyasiya kutilganidan tezroq pasayishi mumkin. Bu Amerikaning Goldman Sachs sarmoya banki tahlilchilari tomonidan tayyorlangan Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha hisobotdan kelib chiqadi.

Mutaxassislarning taxmini Turkiya Markaziy banki tomonidan bozordagi pul taklifining qisqarish tezligiga asoslanadi.

Hujjatga ko‘ra, yil oxirigacha inflyasiya kutilgan 42,6 foizdan 30 foizgacha tushishi mumkin.

Tahlilchilarning aytishicha, Turkiya markaziy banki siyosat stavkasini bu oy 250 bazaviy punktga oshirib, 45 foizga yetkazadi. Qayd etilishicha, Goldman Sachsning avvalgi prognozi foiz stavkasi bo‘yicha 42,5 foizni tashkil qilgan.

Top.Mail.Ru Анализ сайта