Qorabayev aytishicha, Qozog‘iston yaqin 5 yil ichida transport sohasidagi yirik infratuzilma loyihalari uchun 40 milliard yevro jalb etish niyatida.
– Shu davr ichida 4 700 kilometr tranzit yo‘lni rekonstruksiya qilish va Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi asosini tashkil etuvchi maxsus yo‘lni ta’mirlash rejalashtirilgan, – deydi vazir. – Buning uchun “Global Gateway” tashabbusi doirasida mablag‘ to‘plash va yevropalik pudratchilarni Qozog‘istonda avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha yirik loyiha ishtirokchisi bo‘lishga taklif qilamiz.
Shuningdek, qardosh mamlakat 1300 kilometr yangi temir yo‘l magistrali barpo etish va mavjud infratuzilmani modernizasiya qilishga kirishadi.
Dengiz flotini mustahkamlash va Aqtau portida konteyner xabi yaratish uchun investorlarga terminal inshootini rivojlantirish uchun 171 gektar yer taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, Aqtau va Qurik dengiz portlarini kema yoki to‘lov shartida ishonchli boshqaruvga o‘tkazish mumkin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring