25
Eron rahbari AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga yo‘l qo‘ymaslik haqida buyruq bergan
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Amerika bazasiga hujum ortidan munosabatlar yomonlashgan bir paytda AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaroga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi, deb yozadi New York Times eron manbalariga tayanib.
Yakshanba kuni uchuvchisiz samolyot Iordaniya shimoli-sharqidagi AQSh bazasiga hujum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan, 40 dan ortiq askar yaralangan. Amerikaliklar harbiy ob’ektga qilingan reydda mintaqadagi Eronga aloqador guruhlarni aybladi. Oq uy Yaqin Sharqdagi harbiylariga qarshi hujumga javob berishga va’da berdi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, o‘z navbatida, javob "ko‘p darajali, bosqichma-bosqich sodir bo‘lishi va vaqt o‘tishi bilan saqlanib qolishi" mumkinligini ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring