Qirg‘iziston poytaxti aholisi Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya tufayli issiq suv va issiqlik ta’minotisiz qoldi, deb xabar berdi juma kuni jurnalistlarga respublika energetika vazirligi matbuot xizmati.
"Joriy yilning 2 fevral kuni soat 3:00da (Toshkent vaqti bilan 02:00) Bishkekdagi IESda avariya yuz berdi, natijada uskuna ishdan chiqdi. Ayni damda barcha shaxsiy tarkib kuchlari halokatni bartaraf etishga jalb qilingan. Hodisa oqibatida uch nafar xodim tan jarohati oldi, ular shifoxonada”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, shahar aholisi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, kombinat issiqlik elektr stansiyasi va issiqlik tarmoqlari ishini ta’minlash maqsadida issiq suv va issiqlik ta’minoti to‘xtatildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring