28
AQSh Davlat departamenti Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Davlat departamentiga Isroil va XAMAS o‘rtasidagi urushdan keyin Vashington va xalqaro hamjamiyat tomonidan «Falastin davlati»ni tan olish imkoniyatlarini tahlil qilish va taqdim etishni topshirdi, deb xabar bermoqda Axios axborot sayti AQShning ikki yuqori martabali ma’muriyatiga tayanib.
???? Amerika tashqi siyosat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Millerning aytishicha, AQSh Davlat departamenti mintaqadagi hamkorlari bilan Falastin-Isroil mojarosini ikki davlat tamoyili asosida hal etish yo‘lini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aniq harakatlar bo‘yicha maslahatlashmoqda.
«Men ushbu maqsadga erishish uchun ma’muriyat doirasida olib borayotgan ishlarimizga izoh bermayman, lekin shuni ta’kidlab o‘tamanki, bunga erishishning ko‘plab yo‘llari bor, bu vazifaga erishish uchun turli harakatlar ketma-ketligi amalga oshirilishi kerak. Va biz keng ko‘lamli variantlarni ko‘rib chiqamiz. Va biz ularni mintaqadagi hamkorlar bilan, shuningdek, AQSh hukumatidagi hamkorlar bilan muhokama qilmoqdamiz», dedi Miller Axios materialini sharhlar ekan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring