"27 davlatning yetakchilari Ukrainaga Yevropa Ittifoqi budjeti doirasida 50 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha yordam paketi bo‘yicha kelishib oldilar", — deya ma’lum qildi Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Reuters agentligining yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berishicha, Ukrainaga yordam bo‘yicha kelishuv paketni har yili muhokama qilish shartini o‘z ichiga oladi va agar kerak bo‘lsa, u ikki yildan keyin qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Evropa Ittifoqi sammiti oldidan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropaning yordami har yili tasdiqlanishi va qaror bir ovozdan qabul qilinishi kerakligini bildirgandi.
Shunday qilib, Vengriya yoki YEIning boshqa bir a’zosi kelajakda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga to‘sqinlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring