26
Ukraina qurolli kuchlari bahorda yangi qarshi hujumni boshlaydi — Budanov
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov The Telegraph nashriga bergan intervyusida bahorda yangi qarshi hujum boshlanishi rejalari haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtgacha Rossiyaning hozirgi hujumi to‘liq tugaydi.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqini bosib olish harakatlaridan voz kechmayapti. Xususan, ular bir vaqtning o‘zida Kupyansk, Liman, Baxmut va Avdeevka hududlarida hujum amaliyotlarini o‘tkazmoqda. Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i ruslar Avdeevkada "ba’zi muvaffaqiyatlarga" erishganini tan oldi, ammo "dushman armiyasi to‘laqonli g‘alabaga umuman umid qilmasligini" aytib o‘tdi.
Avvalroq Budanov joriy yilda Rossiya infratuzilmasiga hujumlar kuchayishi mumkinligini aytgandi. Biroq u Kiyevning Rossiya Federasiyasidagi dron hujumlariga aloqadorligini bevosita tan olmagan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring