+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
01-02-2024, 20:59
28

Guterrish: Xalqaro sudning G‘azo bo‘yicha qarorlari bajarilishi kerak

Xalqaro sud qarori ijro etilishi kerak, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning Falastin xalqining ajralmas huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

Gaagadagi Xalqaro cud Janubiy Afrika Respublikasining G‘azo sektoridagi genosid bo‘yicha Isroilga qarshi vaqtinchalik choralar ko‘rish haqidagi da’vosi bo‘yicha vaqtinchalik qaror chiqardi. Sud genosid konvensiyasiga muvofiq, Isroilga G‘azoda genosidning oldini olish, falastinliklarga qarshi genosid chaqiriqlarini jazolash, hudud aholisiga insonparvarlik yordami oqimini ta’minlash, shuningdek, Falastinga qarshi harakatlar sodir etganlikda ayblangan dalillarni saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. BMT sudi Janubiy Afrika Respublikasining da’vosi asosida Isroilni G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini to‘xtatishga majburlamadi, deb xabar beradi ria.ru.

“Xalqaro gumanitar huquq, jumladan mutanosiblik tamoyillari va hujumlar paytida ehtiyot choralari doimo hurmat qilinishi kerak. Va Xalqaro sudning majburiy qarorlari ijro etilishi kerak”, dedi Guterrish.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта