+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
01-02-2024, 20:58
26

Buyuk britaniyalik o‘smir IQ testidan 160 ball to‘pladi

Britaniyalik maktab o‘quvchisi IQ testidan eng yuqori 162 balldan 160 ball to‘plagan holda Yer yuzidagi eng aqlli odamlar klubi deb nomlanuvchi Mensa tashkilotiga a’zo bo‘ldi.

Mutaxassislarning fikricha, bunday aql darajasi Albert Eynshteyn va Stiven Xokingda bo‘lgan.

Sheffildlik (Saut-Yorkshir) 12 yoshli Sayrus Lyun pianino chalishni yaxshi ko‘radi va kelajakda matematik bo‘lishni rejalashtirmoqda. Uning otasi Frenk Lyun unga o‘xshash qiziqishlarga ega do‘stlar topish uchun Mensaga qo‘shilishni maslahat bergan. Ota-onaning Daily Mail nashriga aytishicha, Sayrus sinovdan oldin juda xavotirga tushgan va hatto soatini uyda ham unutgan. Biroq, natijalar barcha kutganidan yuqori bo‘ldi. Sayrus shunday yuqori ball to‘plashga muvaffaq bo‘lganidan juda faxrlanadi.

Mensa – yuqori intellektga ega odamlarning xalqaro tashkiloti. A’zo bo‘lish uchun IQ testini aholining 98 foizidan yaxshiroq topshirish talab etiladi, deb xabar beradi mir24.tv.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта