42
Grenlandiyada soatiga 30 million tonnadan ortiq muz erimoqda – tadqiqot
Grenlandiya muz qatlami ilgari o‘ylanganidan 20 foizga tezroq erimoqda. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, iqlim inqirozi tufayli u soatiga 30 million tonna muzni yo‘qotmoqda.
Ba’zi olimlar Shimoliy Atlantikaga kirib kelayotgan chuchuk suvning mazkur qo‘shimcha manbai insoniyat uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishidan xavotirda.
Global isish oqibatida Grenlandiyadan muzning sezilarli darajada yo‘qolishi o‘nlab yillar davomida qayd etilgan.
Olimlar sun’iy intellekt yordamida 38 yil davomida 120 metr o‘lchamdagi 235 000 dan ortiq muzliklarni xaritaga tushirishdi. Bu shuni ko‘rsatdiki, 1985 yildan beri Grenlandiya muz qatlami taxminan 5000 kvadrat metr maydonni yo‘qotdi. Bu trillion tonna muzga teng.
Tadqiqotchilar eng yomon ssenariyda burilish nuqtasi 2025 yilda bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashdi. Olimlarning aytishicha, Grenlandiya muz qatlamining katta qismi erib ketish xavfi mavjud hududga yaqin joylashgan, bu dengiz sathining 1-2 metrga ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
Grenlandiya muzining boshqa barcha o‘lchovlarini jamlagan loyihaning so‘nggi ma’lumotlari 2003 yildan buyon har yili 221 milliard tonna muz yo‘qolganligini ko‘rsatdi, deb xabar beradi korrespondent.net. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring