+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
01-02-2024, 12:58
24

Evropani fermerlarning ommaviy noroziliklari qamrab oldi

Evropada Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi siyosatiga norozilik bildirgan fermerlarning noroziliklari kuchaymoqda. Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Polsha, Italiya va Vengriyadagi shaharlarning asosiy magistrallari va ko‘chalari yuzlab traktorlar bilan to‘sib qo‘yilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Ularning talabi milliy qonunchilikni va Yevropa Ittifoqi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida o‘rnatilgan standartlarni qayta ko‘rib chiqishdir.

So‘nggi paytlarda norozilik namoyishlari Yevropaning yangi poytaxtlari va shaharlariga tarqala boshladi.

Fermerlar Berlin, Parij va Rim hamda boshqa shaharlardagi asosiy yo‘llarni traktorlar bilan to‘sib, jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga urinmoqda va Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi siyosati tufayli daromadlar kamayib borayotganidan shikoyat qilmoqda.

Xususan, dehqonlar qonunchilikning qat’iylashtirilgani, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mablag‘larning kamayishi, Rossiya-Ukraina mojarosi fonida energiya, yoqilg‘i va o‘g‘itlarning qimmatligi, Ukrainadan arzon don mahsulotlari olib kelinishi va suvdan foydalanishga cheklovlar qo‘yilganidan norozi.

Germaniyada hukumatning qishloq xo‘jaligi sohasida subsidiyalarni bekor qilish rejasi tufayli o‘tgan yilning dekabr oyidan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта