+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
19-01-2024, 13:34
39

Xitoyda 55 ming yillik qadimiy buyumlar topildi

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Guychjou viloyatida arxeologlar 55 ming yil avval qadimgi odamlar tomonidan tosh, suyak va shoxdan yasalgan ko‘plab qadimiy buyumlarni topishdi.

1978 yilda topilgan mazkur manzilgoh o‘rta paleolit, so‘nggi paleolit ​​va neolit ​​davrlarida mavjud bo‘lgan deb qaraladi.

Hozirgi qazishmalar u kashf etilganidan buyon uchinchisi bo‘lib, taxminan ikki yil davom etdi. Bu davrda arxeologlar tuproqning yangi qatlamini aniqlashdi, u yerda 100 mingdan ortiq hayvon suyaklari, 10 mingdan ortiq sopol va tosh idishlar, suyak hamda shoxdan yasalgan 2500 dan ortiq ashyolar topildi.

Topilgan artefaktlar orasida 50-60 ming yillik qadimgi odam – Neoanthropus Homo sapiensning toshga aylangan ildiz tishi ham bor.

Shuningdek, olimlar taxminan 10 ming yillik uchta qabrni qazishdi, ularda odam suyaklari va suyakdan yasalgan buyumlar, jumladan, suyakdan ishlanagan, baliq ovida foydalanilgan ilgak topildi, deb xabar beradi korrespondent.net.

Top.Mail.Ru Анализ сайта