+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
01-02-2024, 01:26
27

Bioplastikni qayta ishlashning innovasion usuli taklif etildi

London Qirollik kolleji olimlari bir martalik buyumlarda ishlatiladigan plastikni qayta ishlashning innovasion usulini ishlab chiqishdi.

Usul biologik kir yuvish vositalarida keng tarqalgan fermentlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu moddalar polimerlarni parchalaydi va polilaktik kislotadan tayyorlangan bioplastiklarning atigi 24 soat ichida to‘liq parchalanishini ta’minlaydi. Yangi yondashuv odatda qayta ishlash uchun ishlatiladigan 12 haftalik sanoat kompostlash jarayonidan 84 baravar tezroq.

Makkajo‘xori kraxmal, shakarqamish kabi biologik manbalardan olingan bioplastiklar ekologik jihatdan afzal deb hisoblansa-da, bioplastik ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ekinlarni yetishtirish uchun yerdan foydalanish qimmatga tushadi. Qolaversa, bioplastikni qayta ishlash usullari samarasiz bo‘lib, bu undan qayta foydalanishni qiyinlashtiradi, deb xabar beradi lenta.ru.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта