7 fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Aslida, ushbu davlat rahbarligi uchun saylov har 7 yilda o‘tkaziladi. O‘z suverenitetini to‘liq tiklagan Ozarbayjonda esa yangi siyosiy voqelik, hukumat oldida yangi maqsad, vazifalar yuzaga kelishi munosabati Prezident saylovini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bu galgi 7 nafar nomzod orasida muxolifat vakillari ham bor. Tahlilchilar saylovda mamlakatning amaldagi rahbari Ilhom Aliyevning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Hukmron partiya saylovga “G‘alaba qozongan xalq yetakchisi!” shiori bilan boradi. G‘alaba qozongan nomzod yangi milliy mafkura bilan yangi davrni boshlaydi. Bu mafkura Ozarbayjonni yanada rivojlantirish, mudofaa kuchlari salohiyatini oshirish, xalqning milliy birligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlardagi elchixonalarda saylovga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi. Ayni payt mamlakat tashqarisida yoki uzoq muddatli xorijiy vakolatxonalardagi fuqarolarning saylov huquqini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan respublikadan tashqarida yashovchi 18 yoshga to‘lgan fuqarolardan iborat saylovchilar ro‘yxati shakllantirilib, Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan. Eslatib o‘tamiz, Saylov kodeksiga ko‘ra, konsullik ro‘yxatiga olingan saylovchilar soni 50 nafardan ko‘p bo‘lgan diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalarida ovoz berish o‘tkaziladi.
MSKga taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, respublikadan tashqarida saylov tashkil etish maqsadida dunyoning 37 davlatida 49 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Mamlakatlarning mahalliy vaqti bo‘yicha soat 08.00 dan 19.00 gacha saylov uchastkalari tashkil etilgan diplomatik missiyalarda o‘tkaziladigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi Ozarbayjonning Xitoydagi elchixonasidan boshlanadi va shu kuni AQShning Los-Anjeles shahrida yakunlanadi. O‘zbekistondagi diplomatik missiya ham asosiy ovoz berish uchastkalaridan biridir.
Mustaqil Ozarbayjon tarixida ilk bor butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan bu saylov mazkur qardosh davlatning hududiy yaxlitligi va suvereniteti qaror topgani yorqin ifodasidir.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring