G‘azo sektori janubidagi Xon Yunusda ikki haftadan beri Isroil armiyasi tomonidan qamalda bo‘lgan Nosir va Amal shifoxonalaridagi vaziyat halokatli.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi voizi Ashraf al-Qudra o‘z bayonotida Isroil harbiylarining qamal va shiddatli hujumlari ostida har ikki shifoxonadagi tibbiy asbob-uskunalar va oziq-ovqat zahiralari tugab qolgani sababli yaradorlar va bemorlarning o‘lim xavfi borligidan ogohlantirdi.
Kasalxonalardagi vaziyatning yomonlashganini va to‘liq falokat yuzaga kelganini tilga olib, bu kasalxonalardagi bemorlar, yaradorlar va tibbiy guruhlar xavfsizligidan Isroil mas’ul ekanini ta’kidladi.
Rasmiy Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotini (BMT) «Xon Yunus kasalxonalaridagi tinch aholini himoya qilishga va ularni oziq-ovqat va zarur tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga» chaqirdi.
Isroil armiyasi 10 kundan beri Xon Yunusdagi Nosir kasalxonasi va Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga aloqador Amal kasalxonasini qamal qilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring