+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
31-01-2024, 23:18
26

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaponiyaga javob berdi: muloqot uchun imkoniyat yo‘q


Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qarori o‘z kuchida qolganini aytdi. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda Moskvaga nisbatan «nodo‘stona pozisiyani» egallab turgan Tokio bilan muloqot imkonsiz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Rossiya bilan hududiy nizolarni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, Tokio Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirishda davom etishini ta’kidladi.

«Bunday sharoitda biz Tokio bilan uzoq muddatli, vijdonli munosabatlarga poydevor qo‘yishga qaratilgan fundamental hujjatni tuzish bo‘yicha davom etayotgan muloqotni davom ettirish imkoniyatini ko‘rmayapmiz», — dedi Zaxarova.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта