21
NBC: AQShning Eronga javob zarbalari bir necha hafta ichida amalga oshirilishi mumkin
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jangari guruhlarning Suriya-Iordaniya chegarasidagi AQSh bazasiga uch amerikalik halok bo‘lgan hujumiga javoban Qo‘shma Shtatlar Eronga bir necha hafta davomida hujumlar uyushtirishi mumkin. Bu haqda NBS News manbalarga tayanib xabar berdi .
Ularning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati hozircha zarbalar berishning aniq nishonlari bo‘yicha qarorga kelmagan. Ular Erondan tashqarida joylashgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Kampaniya bir qator boshqa mamlakatlar va mintaqalarda kiberoperasiyalar va nishonlarga qarshi jarrohlik zarbalarini o‘z ichiga oladi.
29 yanvar kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken AQSh ma’muriyatining mintaqadagi o‘z qo‘shinlari va manfaatlariga qaratilgan hujumlarga javobi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olishi, ko‘p bosqichli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkinligini aytdi.
O‘z navbatida, 30 yanvar kuni Bayden Iordaniya va Suriya chegarasidagi Amerika harbiy bazasiga qilingan hujumga javob choralari to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Qo‘shma Shtatlar qanday javob choralarini ko‘rishi mumkinligini tushuntirmadi va Vashington Yaqin Sharqdagi mojaroni kengaytirishga intilmasligini ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring