Rossiya Mudofaa vazirligi «195 dan 195 gacha» formulasi bo‘yicha Ukraina bilan bugungi mahbuslar almashinuvini sharhlar ekan, BAA Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi ekanligini ma’lum qildi.
Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 195 nafar harbiy xizmatchidan tashqari yana 12 nafar tinch aholi — jami 207 kishi mamlakatga qaytarilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi avvalroq Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvida vositachilik qilish Abu-Dabining Moskva va Kiyev bilan mustahkam aloqalari bilan bog‘liqligini ta’kidlagan edi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring