+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
31-01-2024, 22:55
19

Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “Report” TASS agentligiga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yanvar kuni muzokaralar jarayoni natijasida asirlikda bo‘lgan 195 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Ukraina hududiga qaytarilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “X” hisobida 207 nafar ukrainalik mahbus qaytarilganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bu 24 yanvar kuni Rossiyaning Belgorod viloyatida ro‘y bergan aviahalokatdan so‘ng birinchi mahbus almashinuvidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Il-76” harbiy-transport samolyoti bortida 74 nafar mahbus, 2 nafar eskort va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта