+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
31-01-2024, 22:45
17

Si Szinpin Tolibon elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

XXR Raisi Si Szinpin seshanba kuni Afg‘onistondagi Tolibon rejimining Xitoydagi elchisi Bilol Karimiy bilan uchrashdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 30 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Xalq majlislari zalida Xitoy Xalq Respublikasidagi 42 nafar elchining ishonch yorliqlarini qabul qildi. Xitoydagi bu 42 nafar elchilar orasida Afg‘onistondagi Tolibon rejimining elchisi Bilol Karimi ham bor.

Demak, Xitoy Tolibon rejimi bilan rasman diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Natijada Xitoy Tolibon rejimini tan olgan birinchi yirik xalqaro davlatga aylandi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimida so‘zga chiqqan Si Szinpin Xitoy barcha mamlakatlar xalqi bilan do‘stlikni qadrlashini va boshqa davlatlar bilan teng huquqlilik va o‘zaro manfaatlar asosida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi. Tolibon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Qahar Balxiy X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) post e’lon qildi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Bilol Karimiy Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokara o‘tkazgani ham bildirildi.

2021 yil avgust oyida hokimiyatga qaytganidan beri Tolibon Afg‘onistonning, xususan, qo‘shni davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari ustidan doimiy ravishda nazorat o‘rnatdi. Tolibon hozirda Pokiston, O‘zbekiston va Turkmaniston kabi kamida 14 davlatdagi elchixonalarni nazorat qiladi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта