+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
31-01-2024, 22:12
28

So‘nggi bir oy ichida AQShning Suriyadagi bazalariga kamida 83 ta hujum uyushtirilgan

Suriyadagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar so‘nggi bir oy ichida «er-er» qurollari va kelib chiqishi noma’lum kamikadze dronlardan foydalangan holda AQSh bazalariga kamida 83 ta hujum uyushtirgan.

AQShning Suriyadagi bazalariga hujumlar oxirgi bir oy davomida jadal davom etdi.

Anadolu agentligining AA muxbirlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir oy ichida AQShning Hasaka, Dayr-az-Zor va Homsdagi 6 ta bazalariga deyarli bir kunlik farq bilan 20 xil holatda kamida 83 ta raketa va uchuvchisiz havo hujumi uyushtirilgan.

Hujumlarda Amerika qo‘shinlari joylashgan Dayr-az-Zordagi Koniko gaz zavodi va Umar neft koni, Hasakadagi Seddadi, Himo va Xarab Jir bazalari hamda Xomsdagi At-Tanf bazalari nishonga olingan.

Garchi Amerika havo mudofaa tizimlari raketa va uchuvchisiz samolyotlarning aksariyatini nishonga yetmasdanoq havoda yo‘q qilgan bo‘lsada, oz sonli raketalar va uchuvchisiz samolyotlar mudofaa uchun o‘rnatilgan bazalar to‘siqlariga yetib bordi.

Ushbu hujumlarga javoban AQSh qo‘shinlari vaqti-vaqti bilan Iroqdan Suriyaga kirib kelayotgan karvonlarni, shuningdek, Furot daryosining g‘arbiy sohilidagi Elbukemal va Elmeyadin hududlarida joylashgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar pozisiyalarini nishonga oldi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта