Yaponiya hukumatidagi ikki parlament vaziri o‘rinbosari hukmron Liberal-demokratik partiyadagi moliyaviy hisobot bilan bog‘liq muammo tufayli iste’foga chiqmoqda. Bu haqda Vazirlar Maxkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Mulozimlar LDPning marhum sobiq Bosh vazir Sindzo Abe boshchilik qilgan eng yirik fraksiyasi a’zolaridir. Aynan shu ichki guruh faoliyati siyosiy xayr-ehson yig‘ishda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik mojarosi bilan bog‘liq.
– Biz ular iste’foga chiqish istagini bildirganidan xabardormiz, – dedi Xayasi va tez orada tegishli tartibda ish ko‘rilishini qayd etdi. – Komori allaqachon iste’foga ariza bergan. Uning daromadi to‘g‘risidagi hisobotida 700 ming iyen (taxminan 4,7 ming dollar) hisobga olinmagani taxmin qilinmokda. Kato, o‘z navbatida, jurnalistlarga bergan hisobotida qayd etilmagan 100 ming iyen (taxminan 680 dollar) haqida gapirdi.
2023 yil oxirida avj olgan mojaro deputatlik guruhlari, fraksiyalar o‘z a’zolariga pulli yig‘ilishlarga chipta sotish orqali mablag‘ yig‘ish me’yorini belgilab bergani bilan izohlanadi.
Moliyaviy hisobotdagi chalkashlik tufayli 15 nafar siyosatchi, jumladan vazirlar, shtat vazirlari, parlament vaziri o‘rinbosarlari va LDP rahbariyati vakillari lavozimidan ayrildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring