+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
31-01-2024, 20:52
21

Shimoliy Koreya yadroviy qanotli raketalarni uchirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Shimoliy Koreya kecha Xvasal-2 (Strela-2) strategik qanotli raketasini Sariq dengiz tomon uchirish uchun mashq o‘tkazdi.

Shimoliy Koreya axborot agentligi (KCNA) ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar qo‘shni davlatlarning chegara xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan.

Avvalroq KXDR «Xvasal-2» yadroviy qanotli raketalarining uchish masofasi 2 ming kilometrni tashkil etishi, bu ularga AQShning Yaponiyadagi bazasiga uchish imkonini berishi haqida xabar bergan edi.

Bir kun avval Janubiy Koreya Qurolli kuchlari Bosh shtabi KXDR mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da Sariq dengiz tomon qanotli raketalarni uchirgani haqida xabar bergan edi.

KXDR markaziy axborot agentligining 19 yanvar kuni xabar berishicha, yanvar oyida KXDR Yaponiya dengizida Haeil-5-23 suv osti yadro quroli tizimini sinovdan o‘tkazgan.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта