+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
31-01-2024, 12:14
29

Rossiya xorijda yashovchi fuqarolarining maqomini aniqlashtirishni rejalashtirmoqda

Hozirgi vaqtda Rossiya Federasiyasining chet elda yashovchi fuqarolarini majburiy konsullik ro‘yxatidan o‘tkazishni joriy etish masalasi idoralararo formatda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Bu ish Rossiya Federasiyasining 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan davlat migrasiya siyosati konsepsiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, "ushbu ish natijalariga ko‘ra, xususan, "Rossiya Federasiyasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaro" tushunchasining barqaror ta’rifini shakllantirish, shuningdek, ushbu toifadagi fuqarolarning huquqiy maqomi ham belgilab qo‘yish” rejalashtirilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 2025 yilning 20 iyuniga qadar tegishli hisobot va normativ hujjatlar loyihasini hukumatga taqdim etadi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта