34
Trampning nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi
Respublikachilar partiyasi vakili Klaudiya Tenni AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi.
Palata vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh sobiq prezidenti “Yaqin Sharqda tinchlik bitimlarini tuzishda muhim rol o‘ynagan”, deb yozadi FoxNews.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti 1978 yilda Isroil va Misr o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi, shuningdek, 1994 yildagi Oslo kelishuvi bilan tan olingan. Ammo Donald Trampning mamlakatlar o‘rtasida diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan bitim tuzishdagi roli tan olinmagan, deb qo‘shimcha qildi Tenni.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi “urushni to‘xtata oladigan yagona yetakchi” ekanini aytgandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring