+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
31-01-2024, 11:58
30

O‘zbekistonlik yosh oshpazlar Hindistonda o‘z mahoratini namoyish etmoqda

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi vakillari Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh oshpazlar olimpiadasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh qarorgohi London shahrida joylashgan Xalqaro mehmondo‘stlik kengashi (International Hospitality Council) va Dehli shahridagi Mehmonxona boshqaruvi xalqaro instituti (International Institute of Hotel Management) hamkorligida o‘tkaziladigan mazkur forumda joriy yil Avstraliya, Avstriya, Belgiya, BAA, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Indoneziya, Irlandiya, Iordaniya, Italiya, Ozarbayjon, Fransiya kabi 60 ta davlat vakillari qatnashmoqda.

Mehmonxona boshqaruvi xalqaro instituti Dehli bo‘linmasi direktori Abdulla Ahmad mazkur olimpiadaning yetuk yosh oshpazlarni tarbiya qilishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, xalqaro musobaqani o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, jumladan, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 2023 yil oktyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 25-sessiyasi doirasidagi tadbirlarda ham muhokama qilinganiga alohida e’tibor qaratdi.

Oshpazlik san’atining yosh vakillari 30 yanvar – 4 fevral kunlari Dehli, Puna, Bangalor, Kolkata, Haydarobod shaharlari va Goa shtatida kasb mahoratini namoyish etadi. O‘zbekiston delegasiyasi "F" guruhida Goa shtatida Angliya, Seyshel orollari, Singapur, Indoneziya, Zimbabve, Madagaskar, Uganda, Niderlandiya va bangladeshlik tengqurlari bilan o‘zaro kuch sinashadi.

- Olimpiadada qatnashish uchun dunyoning turli qit’alaridan o‘z sohasining ustalari kelgan, hay’at tarkibi taniqli oshpazlar va mutaxassislardan tashkil topgan, - deydi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakili Ahmadjon Hamdamov. – O‘zbekiston turizm qo‘mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlarlar bilan hamkorlikda mazkur xalqaro tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Bu esa nafaqat o‘zbek milliy oshxonasi, balki mamlakatimiz yosh oshpazlarining yuqori darajasini namoyish etishga ko‘mak beradi.

- Musobaqa murosasiz va qizg‘in o‘tishi kutilmoqda, - deydi O‘zbekiston delegasiyasi a’zosi Alina Al-Zaben. – Lekin biz O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, yuqori natijalarga erishishni maqsad qilganmiz.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта