17
Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchradi
AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyaning g‘arbiy sohillari yaqinida suvga qulab tushdi, uchuvchi samolyotdan parashyut bilan sakraganidan keyin qutqarib olindi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi manbalari xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, qiruvchi mahalliy vaqt bilan taxminan 8:40 da (Toshkent vaqti bilan 4:40) Seuldan 274 kilometr janubda Kunsan yaqinidagi suvga qulagan. Agentlikning qayd etishicha, Kunsan shahrida AQSh harbiy-havo kuchlari bazasi joylashgan edi.
Bu Amerika qiruvchisining Janubiy Koreyadagi havo bazasi yaqinida birinchi halokati emas. Avval Yonhap agentligi F-16 samolyoti o‘quv parvozi vaqtida baza yaqinida qulab tushgani haqida xabar bergandi. O‘shanda ham uchuvchi omon qolgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring