+14° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 19 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
19-01-2024, 10:55
99

Moskvada o‘zbeklar jamiyati rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yozgan «frontdagi xo‘rozlar» haqidagi posti tufayli Usmon Baratovga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining xabariga ko‘ra, u Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasida (nafrat yoki adovatni qo‘zg‘atish, shuningdek inson qadr-qimmatini kamsitish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

«Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyida Baratov va boshqa shaxslar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarida Rossiya Federasiyasi fuqarolari, shu jumladan, maxsus harbiy operasiya ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsituvchi postni joylashtirgan», deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.

Shuningdek, Usmon Baratov Moskva Tergov qo‘mitasi bo‘limiga olib kelingani xabar qilingan. Mazkur jinoyatni sodir etishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Baratov avvalroq ijtimoiy tarmoqda tuxum narxi haqida quyidagi postni joylashtirgan edi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта