G‘azo sektoridagi bolalar ustida operasiyalar anesteziyasiz o‘tkazilmoqda, bu haqda Gaslini shifoxonasi reanimasiya bo‘limi rahbari Andrea Moskatelli aytib o‘tdi.
Mahalliy Secolo XIX gazetasining xabar berishicha, Italiyaning Genuya shahridagi kasalxonaga Falastindan kelgan uch nafar qiz yotqizilgan. Umuman olganda, Italiya tibbiy yordamga muhtoj yuzga yaqin falastinlik bolalarni qabul qilmoqchi.
“Qizlarning ko‘zlarida azob-uqubatlarni ko‘rish mumkin, ular juda va juda ko‘p azob chekishdi. Ularning aytganlari ayni haqiqat ekanini yodda tutishimiz kerak. G‘azo sektoridagi operasiyalar dala kasalxonalarida narkozsiz o‘tkazilmoqda”, — dedi Moskatelli.
Italiya havo kuchlari samolyoti Rimning Champino aeroportiga 11 nafar falastinlik bolani olib keldi, ulardan faqat bittasi 18 yoshdan oshgan. Bolalar Genuya, Florensiya va Rimdagi shifoxonalarga davolanish uchun yotqizilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring