+13° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
19-01-2024, 10:17
41

Yaponiyada 2023 yilda inflyasiya so‘nggi 41 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi

2023 yilda Yaponiyada asosiy iste’mol inflyasiyasi 41 yillik rekord 3,1 foizni tashkil etdi.

Buni Yaponiya ma’muriy ishlar va kommunikasiyalar vazirligi e’lon qilgan statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi.

2022 yilda inflyasiya darajasi 2,3 foizni tashkil etgandi. Mamlakatda narxlar o‘sishining asosiy ko‘rsatkichi yoqilg‘i narxini o‘z ichiga oladi, lekin tez aynidigan tovarlar narxini hisobga olmaydi, chunki ular haddan tashqari tebranishlarga duchor bo‘ladi. Ushbu indeks asosida Yaponiya banki inflyasiya maqsadini belgilaydi. Ushbu tovarlarni hisobga olgan holda, Yaponiyada inflyasiya 2023 yilda 3,2 foizga, tez aynidigan mahsulotlar va yoqilg‘ilarni hisobga olmaganda 4 foizga yetdi.

Yaponiyada inflyasiyaning asosiy sabablari energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi, shuningdek, milliy valyutaning zaiflashuvining davom etishi bo‘lib qolmoqda.



Top.Mail.Ru Анализ сайта