+15° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
30-01-2024, 23:29
33

Hindistonda partiya vakilini o‘ldirishda gumon qilingan 15 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hindistonning Kerala shtatida sud uch yil avval sodir etilgan qotillik uchun 15 kishini o‘limga hukm qildi.

Bu haqda “Hindustan Times” gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .

2021 yilda bir guruh odamlar BJP OBC Morcha mahalliy bo‘limi kotibi Ranjit Srinivasaning uyiga qasddan bostirib kirib, uni onasi, rafiqasi va qizi ko‘z o‘ngida o‘ldirishdi. Hujum qilganlar taqiqlangan Hindiston Xalq fronti va uning siyosiy qo‘li – Hindiston Sosial-demokratik partiyasi a’zolari ekani aniqlangan. Keyinchalik ularning barchasi hibsga olingan.

Prokuratura ularga eng yuqori jazoni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat Jinoyat kodeksiga ko‘ra, o‘lim jazosi qotillik, terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar, zo‘rlash, odam o‘g‘irlash, narkotik moddalar savdosi va josuslik uchun qo‘llaniladi. Hozirda Hindistonda 480 dan ortiq mahbus o‘lim jazosiga hukm qilingan. Oxirgi marta o‘lim hukmi 2020-yilning mart oyida amalga oshirilgan.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта