34
Ozarbayjonliklar Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi vakolatxonasi oldida miting o‘tkazdi
Gruziyada yashovchi ozarbayjonliklar Tbilisida Yevropa Ittifoqining kamsitish amaliyoti va ikki tomonlama standartlarga qarshi miting o‘tkazdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.
Namoyish 28 yanvar kuni YEIning Tbilisidagi vakolatxonasi oldida bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilarning aytishicha, Ozarbayjon mintaqada tinchlik tarafdori.
Aksiya davomida armanlar Gruziya jamoatchiligiga haqiqatni buzib ko‘rsatishga urinayotgani va jamoatchilikni chalg‘itmoqchi ekani qayd etildi.
Aksiya ishtirokchilari Armanistondan Ozarbayjonga qarshi minaviy terrorizmga chek qo‘yish va minalangan hududlar xaritalarini Ozarbayjonga topshirishni talab qildi.
Namoyishchilar, shuningdek, Yevropa institutlari Ozarbayjonga nisbatan ikki tomonlama siyosat olib borayotganini ta’kidladi. Namoyish joyiga yuzdan ortiq polisiyachi safarbar etilgan.
Shu kuni Yevropaning bir qancha davlatlari faollarini o‘z ichiga olgan «Ana Veten» Ozarbayjonlik Yevropa ayollari uyushmasi Gaagada norozilik namoyishi o‘tkazdi. Tashkilot rahbari Maissa Agamirzayeva aholini himoya qilish uchun Ozarbayjonga ozod qilingan hududlarning aniq mina xaritalarini taqdim etishni talab qildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring