32
Turkiya G‘azodagi voqealar haqidagi yolg‘on ma’lumotlarga qarshi
Dezinformasiyadan Isroilning G‘azo sektoridagi g‘ayriinsoniy harakatlarini oqlashga qaratilgan «qora tashviqot»da «samarali» vosita sifatida foydalanish mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi boshlig‘i Fahrettin Altun ma’lum qildi.
«Turkiya prezidenti ma’muriyati Isroil tomonidan bu maqsadda qo‘llanayotgan qora tashviqot va dezinformasiya usullarini fosh qilishda davom etadi», dedi Altun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi fonida dezinformasiyaga qarshi kurashish Falastin anklavidagi «qirg‘in va fojia»ni tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga hissa qo‘shadi.
«Qotillar o‘zlarining halokatli qilmishlarini yashirish uchun qanday usuldan foydalanmasinlar, biz ular haqidagi ma’lumotlarni jahon hamjamiyatiga aniq etkazamiz», dedi boshqarma boshlig‘i.
Altun, o‘zi boshqargan bo‘limning mintaqadagi ommaviy axborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlab, Isroilning insoniyatga qarshi jinoyatlarini milliy va xalqaro darajada xabardor qilishini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Turkiya AP Aloqa boshqarmasi «G‘azo urushida ommaviy axborot vositalarining haqiqat uchun kurashi: zo‘ravonlik, dezinformasiya, tsenzura» mavzusida simpozium uyushtirgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring