23
AQSh Amerika bazasiga qilingan hujumga «bir necha daraja va bosqichlarda» javob beradi
Qo‘shma Shtatlar Suriya-Iordaniya chegarasidagi AQSh bazasiga qilingan hujumlarga javob qaytaradi va javob ko‘p qatlamli va uzoq muddatli bo‘ladi. Bu haqda dushanba kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtonda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Blinken Vashington bunday hujumlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘rganini qayd etdi. Jo Bayden ma’muriyati harbiy javob variantlarini baholamoqda, dedi u.
«Kecha prezident aytganidek, biz (bu hujumga) javob beramiz va bu javob ko‘p bosqichli, bosqichma-bosqich va uzoq vaqt davomida bo‘ladi», dedi davlat kotibi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Iordaniyadagi Suriya chegarasi yaqinida dron hujumi oqibatida 3 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgani va 25 nafari yaralanganini ma’lum qilgandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring