20
Kanada tashqi ishlar vaziri Polshada Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qiladi
Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli Polshaga amaliy tashrif bilan boradi va u davomida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Kanada tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Joli o‘z hamkasblari va yuqori martabali hukumat amaldorlari bilan umumiy ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazadi.
Varshavada u Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski va Seym marshali hamda «Uchinchi yo‘l» koalisiyasi hamraisi Shimon Xolovniya bilan uchrashadi. Uchrashuvlarda u «Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, inson huquqlarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlikka Rossiya va Belarus tomonidan tahdidlarning oldini olish, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajadagi hamkorlikning keyingi imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha tegishli rejalarni» muhokama qilish niyatida.
Kanada Tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Xalqaro Federasiyasi, Ukraina Uy jamg‘armasi va Ta’lim va taraqqiyot markazi kabi gumanitar tashkilotlar vakillari bilan uchrashadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring