+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
30-01-2024, 14:39
21

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yillik qamoqqa hukm qilindi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yillik qamoqqa hukm qilindi.

"Pokiston sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi", deya xabar beradi Imron Xonning partiyasi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini oshkor qilgan.

Sobiq bosh vazirning partiyasi ishni uydirma deb hisoblaydi va hukmga e’tiroz bildirmoqchi, deya xabar bermoqda Reuters.

2022 yilda bosh vazirlik lavozimidan chetlatilgan Imron Xon, avvalroq korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukm 2023 yil avgustida chiqarilgandi.

Yangi hukm umumiy Pokistondagi umumiy saylovlarga bir hafta qolganida e’lon qilindi. Bu esa sobiq bosh vazirning saylovdaa u saylovda qatnashishi taqiqlanishini bildiradi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта