+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
30-01-2024, 11:06
32

Yaponiya bosh vaziri Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzish rejalarini e’lon qildi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Kuril orollari bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilgandan so‘ng Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzish rejasini ma’lum qildi.

“Yaponiya-Rossiya munosabatlarida murakkab vaziyat yuzaga keldi, ammo biz hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishga intilamiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Tokio Ukrainadagi vaziyat fonida sanksiya bosimini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va Kiyevni qo‘llab-quvvatlaydi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq intervyu berib, Rossiyaning NATO davlatlari, jumladan, Yaponiya bilan hududiy bahslari yo‘qligini, barcha masalalar yopiqligini aytgan edi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта