Moldova Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Mixay Popshoy 29 yanvar kuni prezident Mayya Sandu va hukumat boshlig‘i Dorin Rechean ishtirokida qasamyod qildi, deb xabar berdi mamlakat rahbari matbuot xizmati. Davlat rahbari kecha Popshoyni Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagan.
Tadbir davomida Sandu yangi vazir yaxshi ilmiy salohiyatga egaligini ta’kidladi:
– Diplomat parlament diplomatiyasidagi faolligi bilan ajralib turadi. O‘tgan davr mobaynida u xorijiy hamkorlarimizning davlatimizni qo‘llab-quvvatlashi, mavjud o‘zaro ishonch mustahkamlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Sandu hukumatning tashqi siyosatdagi asosiy maqsadi respublikani Yevropa Ittifoqi tarkibiga qo‘shish ekaniga urg‘u bergan:
– Tashqi siyosat sohasidagi maqsadimiz o‘zgarishsiz qoladi: nihoyat Moldovani erkin dunyoda mustahkamlab olish, Yevropa integrasiyasi yo‘lida qat’iy qadam tashlash va albatta, mamlakat manfaatini himoya qilish.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring