Fransiyalik fermerlar inflyasiya, qishloq xo‘jaligi importining ko‘payishi va boshqa narsalar qatorida, Yevropa Ittifoqining o‘g‘itlardan foydalanishni qisqartirish rejalari tufayli daromadlarning pasayishiga norozilik bildirish uchun Parij va boshqa shaharlardagi yo‘llarni traktorlar bilan to‘sib qo‘ydi.
Ko‘pgina fermerlar Yevropa Ittifoqining "Yashil bitimini" amalga oshirib bo‘lmaydigan va qimmat loyiha deb hisoblaydi.
Aksiya tashkilotchilari buni “Parij qamali” deb atashdi: aksiyada 1,5 mingga yaqin odam va kamida 800 ta traktor ishtirok etib, asosiy magistrallarni, jumladan Lill va Strasburgga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Hozirda Parijga kirish qiyinlashgan.
Fransiya prezidenti Makron Yevropa komissiyasi rahbari fon der Lyayendan Janubiy Amerikaning Mercosur erkin savdo zonasi bilan savdo bitimini to‘xtatishni so‘radi.
“Makron fransuz fermerlarining noroziliklari fonida Yevropa Ittifoqi hamda Argentina va Braziliya boshchiligidagi Janubiy Amerika davlatlari bloki o‘rtasidagi savdo bitimiga qarshiligini kuchaytirdi”, deya xabar berdi Bloomberg.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring