23
O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Frankfurt-Mayn shahrida namoyish etildi
Tadbir mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston TIV huzuridagi diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi tomonidan «SAMO Travel» (O‘zbekiston) va «Nüma GmbH» (Germaniya) sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda Germaniyaning 20 dan ortiq yetakchi sayyohlik kompaniyalari, shuningdek, Germaniya ishbilarmon doira vakillari, jurnalistlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida «Nüma GmbH» kompaniyasi rahbari Daliya Altuntepe va «SAMO Travel» maslahatchisi Tulqun Odilovlar O‘zbekistonning qadimiy shaharlari va diqqatga sazovor joylari haqida taqdimot qildilar. Shuningdek, O‘zbekistonning zamonaviy turizm xizmatlari va infratuzilmasi namoyish etildi.
Ishtirokchilar O‘zbekistonda turizm sohasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani modernizasiya qilish, shuningdek, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Bosh konsul Olimjon Abdullayev yig‘ilganlarga mamlakatimizda gastronomik, ziyorat, etnik va madaniy turizmning keng imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Germaniyaning sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi turizm dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 2024 yil uchun qo‘shma yarmarkalar, taqdimotlar va mavzuli kechalar o‘tkazish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring