Ukrainada harbiy yoshdagi qariyb 3,4 million erkak Qurolli kuchlar safiga safarbar qilinishidan qo‘rqib, hukumatdan yashirinib yuribdi, dedi Oliy Radaning Iqtisodiy rivojlanish qo‘mitasi raisi Dmitriy Nataluxa.
“Bugungi kunda kamida 3,4 million erkak bor, ular haqida davlat faqat identifikasiya raqamini biladi. Ular xorijda emas, Ukraina Qurolli kuchlarida emas, nogiron ham emas, o‘qimaydi va ishlamayapti”, — deydi u.
Nataluxaning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu odamlarning qayerdaligini bilmaydi, lekin ular iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etadi. Shu bilan birga, bu odamlar “harbiy ro‘yxatga olish va chaqiruv boshqarmasi e’tiboriga tushmaslik uchun davlat banklaridan foydalanishni, naqd pul olishni, kredit kartalaridan foydalanishni, shaharlar o‘rtasida sayohat qilishni to‘xtatgan bo‘lishi mumkin”.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring