+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
30-01-2024, 06:28
31

Chexiya prezidenti Pavel saylovlardan so‘ng Tramp-Putin kelishuvi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi

Chexiya prezidenti Pyotr Pavel Chex radiosiga bergan intervyusida Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishuvga erishishi mumkinligini aytdi.

“Biz Donald Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga, prezident Putin bilan muzokaralar olib borishiga va u bilan qandaydir kelishuvga erishishiga tayyor bo‘lishimiz kerak”, — deya Paveldan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Shu bilan birga, Chexiya rahbari bu kelishuv Ukraina uchun ham, Yevropa uchun ham foydali bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu biz transatlantik aloqalarni yoki AQShni ittifoqchi sifatida shubha ostiga qo‘yishimizni anglatmaydi”, - dedi Pavel.

Biroq, Chexiya prezidenti aytganidek, Tramp ko‘p narsaga “boshqacha” qaraydi va bu “ma’lum oqibatlarga” olib kelishi mumkin.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта