+13° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
29-01-2024, 23:46
19

Rossiya va Ukraina shu yil tinchlik kelishuviga erishishi mumkin

– O‘ylaymanki, yil oxirigacha, ehtimol AQShdagi saylovdan so‘ng ehtimoliy muzokara uchun vaqt bo‘ladi, – degan Stavridis. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir har ikki tomon qiyinchilikni boshidan kechirib, boshqa tomondan yordam olishga majbur bo‘lmoqda va faqat shu holat muzokarani biroz kechiktirishi mumkin.

NATOning sobiq vakili nuqtai nazari bo‘yicha ziddiyat xuddi “Koreya urushi kabi yakunlanishi mumkin, ya’ni Rossiya Ukrainaning ma’lum bir qismini, Qrimni, quruqlikdagi ko‘prikni nazorat qilishi mumkin”.

– Boshqa tomondan, Ukraina NATOga qo‘shiladi, deb o‘ylayman, – davom etadi Stavridis. – Menimcha, yil davomida kelishuv rejasi ayonlashadi.

“The Hill” internet nashri eslatishicha, 2023 yil dekabrda Jeyms Stavridis Ukrainaga ko‘proq yordam berishga chaqirgan va ushbu mamlakat olib borayotgan kurashni “adolatli” degan.

Rossiya Federasiyasi esa Ukrainaga yon berishga tayyorligi haqidagi xabarlarni rad etmoqda. Avvalroq, 26 yanvar kuni Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Bloomberg” agentligi tarqatgan xabarni inkor qildi. O‘sha axborotda, go‘yoki, Kreml Vashingtonga muzokaraga tayyorligini aytgan, Ukrainaning betaraf maqomga ega bo‘lish talabini qabul qilishi, qolaversa, NATOga a’zolik bo‘yicha qarshi da’vosidan voz kechishi mumkinligi haqida yashirin ravishda signal yuborgani keltirilgan. “Yo‘q, bu xabar noto‘g‘ri, mutlaqo yolg‘on”, - degan Peskov.

“Bloomberg” ismini aytishni xohlamagan suhbatdosh so‘zlariga ko‘ra, Putin tomonidan bu taklif 2023 yil dekabr oyida amerikalik yuqori martabali amaldorlarga vositachi orqali yetkazilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта