Buyuk Britaniyada yanvar oyidagi eng issiq harorat qayd etildi. Shotlandiyaning ayrim hududlarida havo harorati Selsiy bo‘yicha 19,6 darajaga etgan.
“Bu ko‘rsatkich Shotlandiya shimolidagi tog‘li hududlarda qayd etilgan bo‘lib, bu qish mavsumidagi yangi rekordga aylandi”, deyiladi xabarda.
Buyuk Britaniyada yanvar oyidagi avvalgi rekord maksimal harorat 18,3°C 2003 yilda Shotlandiyada ham qayd etilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.
Meteorologlarning ta’kidlashicha, havo harorati me’yordan yuqori bo‘lgan janubiy shamollar Afrikadan Buyuk Britaniya bo‘ylab “yumshoqroq” havo olib kelgan.
“Mamlakatning tog‘li hududlariga shamol esganda, havo ba’zan tepaga ko‘tarilishi mumkin – havo namligini yo‘qotadi va ko‘tarilganda quruqroq bo‘ladi. Tog‘ning narigi tomoniga tushganda, quruq havo nisbatan isib ketadi. Bu hodisa Shotlandiya tog‘lari kabi tog‘li hududlarda ko‘proq uchraydi”, deb tushuntirdi ekspertlar.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring