+24° Kechasi +14°
Andijon (Bugun, 23 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 909.64 so'm (-28.56 so'mga)
159.75 so'm (+0.24 so'mga)
14 908.05 so'm (+197.32 so'mga)
29-01-2024, 22:53
38

AQSh mudofaa vaziri davolanganidan keyin ishga qaytdi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Pentagondagi ishiga qaytdi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabarida aytiladi, deb xabar beradi “Report” .

“Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bugun Pentagonga qaytdi. Vazir 15-yanvar kuni Valter Rid milliy tibbiyot markazidan chiqarilgandan so‘ng o‘z vazifalarini uydan bajarayotgan edi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, L.Ostin 1 yanvar kuni kechqurun Valter Rid nomidagi milliy tibbiyot markaziga yotqizilgan edi. 2 yanvar kuni uning vakolatlarining bir qismi o‘rinbosari Ketlin Xiksga o‘tkazildi. Tibbiyot markazining 9-yanvar kuni e’lon qilingan bayonotida 2023-yil dekabrida mutaxassislar unga prostata saratoni tashxisini qo‘ygani, 1-yanvarda esa asoratlari tufayli vazir kasalxonaga yotqizilib, operasiya qilingani aytilgan.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта