24
Britaniyaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazildi
2024 yil 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Buyuk Britaniya Bosh vazirining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Endryu Makkubri o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston - Buyuk Britaniya hamkorligining bugungi holatini muhokama qildilar. Bu yo‘nalishda muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik ta’kidlandi.
Uchrashuvda joriy yilning fevral oyida BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish raisligida Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillarning uchrashuviga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu tadbir jahon hamjamiyatining Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha samarali yechimlarni topish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtirish, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring