Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn dushanba kuni Islomobodda Pokiston TIV rahbari Jalil Abbos Jiloniy bilan uchrashdi.
Tomonlar “terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik qilish”ga kelishib olinganini ma’lum qilib, “bir‑birlarining xavotirlarini yo‘q qilish va bartaraf etish” zarurligini ta’kidladi.
Pokiston TIV rahbari hamkorlikning asosiy qadami – bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish ekanligini qayd etib o‘tdi.
O‘z navbatida, Abdullaxiyn Eron-Pokiston chegarasi hududida faoliyat yuritayotgan radikal guruhlar tashqaridan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.
“Eron va Pokistonning chegaradosh viloyatlari va hududlarida joylashgan terrorchilar uchinchi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganiga shubha yo‘q. Biroq Tehron va Islomobodning birgalikdagi sa’y‑harakatlari sharofati bilan biz terrorchilarga ikki davlatga hujum qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi u.
Eron vazirining qo‘shimcha qilishicha, tomonlar chegara xavfsizligi va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha keyingi choralarni ko‘rishga kelishib olgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring