Dunyodagi eng yirik kruiz kemasi Icon of the Seas Florida shtatidagi Mayami portidan Karib dengizi orollariga birinchi 7 kunlik sayohatida suzib ketdi. Bu haqda Kazinform BBCga tayanib xabar beradi.
Kema 365 metr uzunligi bilan rekord o‘rnatdi. Taqqoslash uchun, afsonaviy “Titanik” ushbu kemadan (269 m) 100 metr qisqaroq, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining eng yirik aviatashuvchisi Gerald R.Fordning uzunligi esa 333 metrni tashkil qiladi.
Kema 7600 ta yo‘lovchini sig‘dira oladi. Unda 40 dan ortiq restoran, kafe va barlarga ega 20 ta paluba mavjud. Shuningdek, tropik o‘simliklardan iborat kichik park, teatr, karaoke, tennis va voleybol maydonlari, bolalar uchun attraksionlar va akvapark mavjud.
Kema Bagama orollarida ro‘yxatga olingan va Finlyandiyada 2 milliard dollarga qurilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring