Qaror hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi siyosiy kengashida qabul qilingan bo‘lib, 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan partiya qurultoyida rasman e’lon qilinadi.
“Siyosiy jamoamiz kuchini ta’minlovchi eng muhim omillardan biri bu ichki demokratiya bo‘lib, uning eng yaqqol ifodasi rotasiya tamoyilidir. Jamoada muvaffaqiyatli rahbarlar ko‘p, boshqalarga ham imkoniyat berish kerak”, — deydi u.
Garibashvilining ta’kidlashicha, "Gruziya orzusi" partiyasi endi kuzda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida "ishonchli" g‘alabaga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Garibashvili siyosiy kengashdan "Gruziya orzusi" raisligi lavozimini egallash taklifini oldi. Gruziya matbuotiga ko‘ra, partiyaning amaldagi rahbari Irakliy Kobaxidze bosh vazir lavozimida Garibashvilini almashtiradi.
Boshqaruvdagi o‘zgarishlar partiya asoschisi Bidzina Ivanishvili Gruziya siyosatiga qaytganidan bir oy o‘tib sodir bo‘ldi.
Hukumat tanqidchilari tomonidan Gruziyaning "norasmiy va yakka hukmronlikda" ayblanayotgan Ivanishvili 30 dekabr kuni partiyaning faxriy raisi bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring