+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
29-01-2024, 20:54
31

Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga uyushtirilgan hujumda qurbonlar soni 34 nafarga yetdi


Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabarida aytiladi.

Xabarda aytilishicha, sakkiz nafar yarador «ko‘proq malakali tibbiy yordam» olish uchun Iordaniyadan evakuasiya qilingan va ularning ahvoli barqaror.

Departament kelgusida qurbonlar soni ortishi mumkinligidan ogohlantirdi, chunki yordam so‘rab murojaatlar kelishi davom etmoqda.

CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Iordaniyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi «Tower 22» nomli bazaga qaratilgan bo‘lib, u yerda «bir qator asosiy qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini bajaradigan, jumladan, [terrorchi tashkilot] Deash ustidan g‘alaba qozonish uchun koalisiyani qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi 350 ga yaqin amerikalik harbiy xizmatchilar».

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Iordaniyadagi Suriya chegarasi yaqinida dron hujumi oqibatida 3 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgani va 25 nafari yaralanganini ma’lum qilgandi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта